MP3UK / Премьеры песен / Oybek Ahmedov - Azizam kok ichra hayoling bo'lib

Oybek Ahmedov - Azizam kok ichra hayoling bo'lib

Oybek Ahmedov - Azizam kok ichra hayoling bo'lib
  • Размер: 6.02 MB
  • Длительность: 02:37
  • Качество: 320 kbps
  • Дата релиза: 25.06.2023
На этой странице Вы можете скачать новую песню Oybek Ahmedov - Azizam kok ichra hayoling bo'lib в mp3 бесплатно, Размер MP3: 6.02 MB, Длительность: 02:37 или слушать музыку Azizam kok ichra hayoling bo'lib - Oybek Ahmedov онлайн, со своего телефона в любое время.
Прослушать песню
Скачать песню
Текст песни Oybek Ahmedov - Azizam kok ichra hayoling bo'lib
Azizim, koʻk ichra hiloling boʻlib,
Kelsang – gul, kelmasang madoring boʻlib,
Hayol ichra topgan haloling boʻlib,
Bir yorugʻ oʻylardan seni tiladim.

Azizim, eng shirin hayoling boʻlib,
Vaslingga talpingan ozoring boʻlib,
Yor boʻlib bir senga, ham zoring boʻlib,
Bir ogʻriq oʻylardan seni tiladim.

Sevgilim, sogʻingan timsoling boʻlib,
Tushlaringdan soʻrgan savoling boʻlib,
Aldasang-avrasang, uvoling boʻlib,
Ishonib seni bir baxtdan soʻradim. (2x)

«Azizim, tilagim tillolar boʻldi,
Nigohing, nigohing olovlar boʻldi,
Ishq degan boshimga balolar boʻldi,
Anbari boʻylardan seni tiladim.»

«Azizim, Shoh edim, gadolar boʻldim,
Jon edim, joningga fidolar boʻldim,
Sen menga boqmasang, adolar boʻldim,
Bir hazin kuylardan seni tiladim.»

Sevgilim, sogʻingan timsoling boʻlib,
Tushlaringdan soʻrgan savoling boʻlib,
Aldasang-avrasang, uvoling boʻlib,
Ishonib seni bir baxtdan soʻradim. (4x)